Qudratxo‘jayev talaba va o‘qituvchilarni paxta terimiga olib bordi. Ixtiyoriymi yo majburiy?

Qudratxo‘jayev talaba va o‘qituvchilarni paxta terimiga olib bordi. Ixtiyoriymi yo majburiy?

Sizga yaxshi ma’lum, O‘zbekistonda o‘quvchi va talabalar, o‘qituvchilar va shifokorlarning paxta yig‘im terimiga, umuman majburiy mehnatga jalb etilishi qat’iyan taqiqlangan va bu bo‘yicha jamoatchilik nazorati amalga oshirib kelinmoqda.


O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas, degan naql bor xalqimizda. O‘qituvchi va talabalar paxtaga majburan jalb etilmasa-da, o‘z xohish-istagi bilan yig‘im-terimga borayotganlar ham yo‘q emas. Bu haqda Qalampir nashri ma’lum qildi.
  
Sherzod Qudratxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari, Xalqaro press klub va Bosh prokuratura qoshidagi multimedia markazi jamoasi Sirdaryo viloyatiga borib, paxta terimida ishtirok etdilar. Bu haqda universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilindi.




 
“Terimchilarga yordam berish uchun chin ko‘ngildan terimga borishni istagan va erta tongdan hech ikkilanmay yo‘lga otlangan barchaga rahmat.
 
Kayfiyat a’lo darajada, yurtimizga qay yo‘l bilan bo‘lsa-da, nafimiz tegishi biz uchun sharaf! Xalqqa yordam berish uchun jurnalistlar ham doim shay.
 
Bizning pozisiyamiz shunday! Vatanga har qanday jimjimador so‘zlarsiz, olqishlarsiz sidqidildan xizmat qilish, uning ravnaqiga chin dildan har qanday bahonalarsiz hissa qo‘shish. Biz uchun vatanparvarlik ana shunday!






 
Biz Vatanni ko‘r-ko‘rona, faqat tilda sevmaymiz, uni kamchiligu ustunliklari bilan, boricha sevamiz. Biz xalqimiz bilan tengma-teng mehnat qilishdan uyalmaymiz, bu biz uchun sharafli mehnat”, deb yoziladi O‘zJOKUning Facebook’dagi sahifasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!