Qozog‘iston O‘zbekistonda 3ta ulgurji taqsimlovchi markaz qurishni taklif qildi

Qozog‘iston O‘zbekistonda 3ta ulgurji taqsimlovchi markaz qurishni taklif qildi

Qozog‘iston savdo va integrasiya vaziri Baxit Sultonov Toshkentda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, transport vaziri Ilhom Maxkamov, qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev uchrashdi.

🌐Tomonlar “Markaziy Osiyo” xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi (MSTES) loyihasini amalga oshirishni muhokama qildi.

Bu markazning maksimal iqtisodiy samarasiga erishish va Shimoliy-Janubiy, G‘arbiy Yevropa – g‘arbiy Xitoy transport yo‘laklari bilan integrasiyalashuvini ta’minlash maqsadida Qozog‘iston tomoni MSTESning Qozog‘iston hududidagi “Olatau” transchegara savdo markazi (STT) va “Xorgos” (MSPS) chegaraviy hamkorlik xalqaro markazini o‘zbek-afg‘on chegarasidagi “Termiz” xalqaro savdo markazi va O‘zbekistonning Qirg‘iziston va Turkmaniston chegaralarida rejalashtirilgan shunga o‘xshash chegara markazlari bilan bog‘lash taklif qilindi.

🚛Vazirlar Qozog‘iston investorlari hisobidan O‘zbekistonda qo‘shimcha 3ta ulgurji-taqsimlovchi markazini (ORS) qurish, qo‘shni respublikaning shimoliy viloyatlarida o‘zbek biznesi tomonidan xuddi shunday markazlarni tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!