Qoshqchi haqida film olish uchun Shon Penn Istanbulga keldi

Qoshqchi haqida film olish uchun Shon Penn Istanbulga keldi

Mashhur amerikalik aktyor va rejissyor saudiyalik jurnalistni o‘ldirish haqidagi hujjatli filmi uchun material to‘playdi. Bu xaqda Anadolu xabar bermoqda.

Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchiining o‘ldirilishi haqidagi hujjatli film tayyorlash maqsadida mashhur amerikalik aktyor va rejissyor Shon Penn Istanbuldagi Saudiya Arabistonining Bosh konsulxonasi binosida oldida tasvirga tushirish ishlarni o‘tkazdi.

Shon Penn elchixona binosi oldiga tasvirga tushirish guruhidagi 10 kishi, jumladan, qo‘riqchilari bilan keldi.

Amerikalik rejissyor bosh konsulxona binosi oldiga o‘rnatilgan polisiya kardoni oldida, keyin esa Saudiya Arabistoni Bosh konsuli rezidensiyasini  tasvirga tushirgan.

Film ustidagi ishlar davom etmoqda

Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulxonasi binosida 2 oktyabr kuni Washington Post bilan faol hamkorlik qilgan saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilgan edi.

Tergov natijalariga ko‘ra, Turkiya Bosh prokuraturasi jurnalist rejali qotillik qurboni bo‘lgan degan xulosaga keldi. Qoshiqchi elchixona binosiga kirishi bilan bo‘g‘ib o‘ldirilgan edi.

Qotillikdan keyin, Qoshiqchining jasadi parchalab tashlangan va yo‘q qilingan.

Turkiya, Qoshiqchi ishi bo‘yicha sud jarayonini Istanbulda tashkil qilish tarafdori bo‘lib, jurnalistni o‘ldirish bilan shug‘ullanganlarni ekstradisiya qilishni so‘rab Ar-Riyodga murojaat qilgan.

Manba: ufq. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!