Qodirov 27 yoshli jiyani mahalliy xavfsizlik kengashi kotibi lavozimiga ishga oldi

Qodirov 27 yoshli jiyani mahalliy xavfsizlik kengashi kotibi lavozimiga ishga oldi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining 27 yoshli jiyani Hamzat Qodirovni respublika Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinladi. Bungacha bu lavozimni egallab kelgan Turpal-Ali Ibragimov Chechenistonning Shalinskiy tumanini boshqargan.

Ramzan Qodirov o‘zining Telegram’dagi kanalida jiyani va Turpal-Ali Ibrohimov «rahbarlik lavozimlarida boy tajribaga ega bo‘lib, ularga yuklangan mas’uliyatni uddalay olishini» aytdi. Kadrlar o‘zgarishi sabablari oshkor qilinmayapti.

2012 yilda, 15 yoshida Hamzat Qodirov Tsentoroyevskiy nomidagi hofizlar maktabini, 2017 yilda esa Chechen davlat universitetining boshqaruv fakultetini tamomlagan. 2018 yilda Hamzat Qodirov Kurchaloyevskiy munisipal okrugi ma’muriyati rahbari, 2023 yilda esa Checheniston respublika hukumati raisi o‘rinbosari, mulk va yer munosabatlari vaziri etib tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!