Qizlar kelin guldastasi uchun urushib ketishdi - internet foydalanuvchilari shokda (video)

Qizlar kelin guldastasi uchun urushib ketishdi - internet foydalanuvchilari shokda (video)

Bu holat tasvirga olingan video 19 fevral kuni internetda paydo bo‘ldi. Izvestiya xabariga asosan.

Videoda kelin guldastani otishi va uni birdaniga ikkita qiz tutib olganligi aks etgan. Shundan keyin ular o‘rtasida keskin kurash boshlanadi.

To‘y mehmonlari qizlarni ajratishadi.

Dog‘istonda video internet foydalanuvchilarining keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Ayrim mushtariylar Kavkaz xalqlarida to‘yda guldasta uloqtirish an’anasi yo‘qligi haqida izoh yozishgan.

Hech qayday guldasta turmushga chiqishga yordam bermaydi. Buning uchun kamtarlik, tarbiya, andishalilik, aql kerak , - deb yozgan foydalanuvchilardan biri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!