Qirg‘izistonda suv toshqini paytida yo‘qolgan ikki yoshli bolaning jasadi topildi

Qirg‘izistonda suv toshqini paytida yo‘qolgan ikki yoshli bolaning jasadi topildi

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati, Nookat tumani, Apshir Ota qishlog‘ida ikki yashar bolaning jasadi topildi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi Kabar axborot agentligi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, tezkor qidiruv tadbirlari natijasida bolaning jasadi kecha soat 15.50 da topilgan. Mahalliy aholi bolani topib, Ichki ishlar vazirligiga topshirgan.

Hozirda huquq-tartibot idoralari uning shaxsini aniqlamoqda.

Toshqin qurbonlari soni 10 kishiga yetdi.

“Bugun qidiruv ishlariga 85 nafar qutqaruvchi va 100 dan ortiq mahalliy aholi safarbar etildi”, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!