Qashqadaryolik fermerning piyoz ekilgan yeri nega IIB xodimlari tomonidan buzilgani aniqlandi

Qashqadaryolik fermerning piyoz ekilgan yeri nega IIB xodimlari tomonidan buzilgani aniqlandi

Joriy yilning 23 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda hamda internet axborot saytlarida tarqalgan - Qashqadaryolik fermerning piyoz ekilgan yeri IIB xodimlari tomonidan buzib tashlangani haqida axborot tarqaldi. Mazkur masala yuzasidan qo‘yidagilar aniqlandi: Yakkabog‘ tumanidagi "Xudoynazarov Murodullo Bobomurodovich" nomli fermer xo‘jaligining faoliyati tumandagi kadastr bo‘limi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining mutaxassislari tomonidan 2020 yil 17 may kunida o‘rganib chiqilgan va dalolatnoma tuzilgan, deb xabar bermoqda "human.uz".

"Xudoynazarov Murodullo Bobomurodovich" nomli fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan yer maydonlarining 37,9 gektariga chigit ekish rejalashtirilgan bo‘lsada, biroq 35,8 gektar yer maydoniga chigit ekkan ya’ni rejalashtirilgandan 2,1 gektar yer maydoniga chigitni kam ekkan. Belgilangan rejadan kam chigit ekilishining axvolini mutaxassislar tomonidan o‘rganilganda paxta chigiti ekish rejalashtirilgan yer maydoniga fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan o‘zboshimchalik bilan piyoz ekib qo‘yilganligi aniqlangan. Shuning uchun tuman hokimi rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan 2,1 gektar yer maydonidagi noqonuniy ekilgan piyozni buzib paxta chigiti ekishga qaror qilingan, noqonuniy tarzda ekilgan piyoz ekinini buzdirish vaqtida fermer xo‘jaligi boshlig‘ining faol qarshilik ko‘rsatganligi uchun ichki ishlar idoralari hodimlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilgan. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i bu holatda haq emas va uning qonuniy manfaatlari buzilgan deb aytish maqsadga muvofiq emas deb topildi.

Chorixon Qodirov,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining huquqshunosi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!