Putinning murojaatnomasiga sharh qoldirishni taqiqlab qo‘yishdi. Nega?

Putinning murojaatnomasiga sharh qoldirishni taqiqlab qo‘yishdi. Nega?

Birinchi kanal bir necha mingta salbiy izohlar sababli Youtube da Putinning tabrigi bilan bog‘liq izohlarni yopishga majbur bo‘ldi, deya xabar bermoqda Russkiy monitor sayti.

Ufq.uz ga ko‘ra, ruslar Putinga 60 mingdan ortiq (!) yoqtirmaslik (dislayk) bosishgan. Chunki, ko‘plab izohlarda milliy yetakchi nomiga nome’yoriy leksikonlar qo‘llanilgan bo‘lgan.

Odamlar pensiya yoshini ko‘targani, narxlarni oshirgani uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi , uni uy-joy va kommunal xizmatlarning inqiroz uchun aybdor deb topishdi va buning oqibatida 31-dekabr kuni odamlar Magnitogorskda turar-joy binosi ostida nobud bo‘lganligi haqida yozishdi. E’tiborli jihati shundaki, deyarli hech qanday ijobiy sharhlar yo‘q.

Ko‘rinishidan, yangi yil bayramlari munosabati bilan taniqli Olgin trollarida dam olish bo‘lgan ko‘rinadi, deya kinoya bilan xabar bermoqda sayt.

Aleksey Navalniy bunga e’tibor qaratib, o‘z Tvitteridagi his-hayajonli sharhlari bilan bir necha skrinshot tasvirini yubordi. Muxolifat yetakchisining tvitidan 15 daqiqa o‘tgach, Birinchi kanal rahbariyati uyg‘onib ketgan hamda izoh qoldirishi va layk lar funksiyasini o‘chirib qo‘ygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!