Putin Tog‘li Qorabog‘dagi urushni to‘xtatishni talab qildi

Putin Tog‘li Qorabog‘dagi urushni to‘xtatishni talab qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7 oktyabrda Armaniston va Ozarbayjondan Tog‘li Qorabog‘dagi urushni to‘xtatishni talab qildi. Hozirda Tog‘li Qorabog‘da yuz berayotgan qonli to‘qnashuvlar ozarlar va armanlar o‘rtasida so‘nggi 25 yil ichida yuz bergan eng qirg‘inbarot urushga aylandi.

Putin chorshanba kuni davlat televideniyesiga bergan intervyusida Tog‘li Qorabog‘ borasida gapirib, bu urush bo‘yicha Armanistonning rahbari Nikol Pashinyan bilan doimiy aloqada bo‘lib turganini aytdi.

«Albatta, bu juda katta fojia. Odamlar o‘lmoqda, ikkala tomon ham katta yo‘qotishlarga duch kelmoqda. Va biz ushbu mojaroga yaqin kelajakda barham beriladi degan umiddamiz», - dedi Putin.

Hozirda Armanistonni Rossiya, Ozarbayjonni esa Turkiya qo‘llab-quvvatlamoqda.

Shuningdek, Vladimir Vladimirovich AQShda bo‘ladigan prezidentlik saylovida demokratik partiyadan nomzod qilib ko‘rsatilgan Jo Baydenning Rossiya haqida aytgan gaplarini anti-Rossiya harakatlari deb atadi. Lekin Putin Baydenning qurollar nazorati borasidagi so‘zlariga qo‘shilishini aytib, Rossiya AQShga prezident bo‘ladigan har qanday shaxs bilan ish olib bora olishini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!