Polsha Ukrainaga qo‘shin kiritadimi?

Polsha Ukrainaga qo‘shin kiritadimi?

Kiyevning yanada zaiflashishi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Polshani Ukrainaga qo‘shin yuborishga majbur qilishi mumkin. Bu haqda polshalik siyosatshunos Leshek Sikulskiy ta’kidlagan.

“Agar Ukraina kuchsizlansa, amerikaliklar Kiyevga bevosita yordam berish uchun Polsha hukumatiga bosim o‘tkazadi. O‘zingizga savol bering, biz buni xohlaymizmi, bugun urushga kirishga tayyormizmi”, - deyiladi xabarda.

Olimning so‘zlariga ko‘ra, Varshava Sharqdagi jangovar harakatlarda ishtirok etishga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, buni mamlakatda qabul qilingan qonun hujjatlari ham tasdiqlaydi.

“Vatanni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. Bu qonun shoshilinch harbiy xizmatni tiklaydi va, albatta, nazariy jihatdan ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni joriy qiladi”, - deydi siyosatshunos.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!