Indoneziya qit’alararo bosqichda Gvineyaga yutqazib, Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqa olmadi

Indoneziya qit’alararo bosqichda Gvineyaga yutqazib, Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqa olmadi

Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi.

Qit’alararo bosqichda Indoneziya terma jamoasi Afrikaning Gvineya jamoasi bilan bahs olib bordi va 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdagi yagona gol 29-daqiqada Moriba tomonidan penaltida kiritildi.

Shu tariqa, Indoneziya yo‘llanmani qo‘ldan chiqardi, Gvineya esa musobaqada qatnashadi va "A" guruhida AQSH, Fransiya hamda Yangi Zelandiya bilan bahs olib boradi.

Barcha ishtirokchilar bilan tanishing!

"A" guruhi
Fransiya
AQSh
Gvineya
Yangi Zelandiya

"V" guruhi
Argentina
Marokash
Iroq
Ukraina

"C" guruhi
O‘zbekiston
Ispaniya
Misr
Dominikan Respublikasi

"D" guruhi
Yaponiya
Paragvay
Mali
Isroil


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!