Zalujniy yangi lavozimga tayinlandi

Zalujniy yangi lavozimga tayinlandi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni harbiy xizmatdan bo‘shatdi. 8 may kuni tegishli qaror davlat rahbari saytida e’lon qilindi.

«General Valeriy Fedorovich Zalujniy sog‘lig‘i sababli harbiy xizmatdan ozod qilinsin. Unda harbiy forma kiyish huquqi saqlanib qolsin», deyiladi hujjatda.

Prezident boshqa farmon bilan Zalujniyni Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi etib tayinladi.

Shuningdek, Zelenskiy farmon bilan Sergey Lupanchukni Ukraina Qurolli Kuchlari Maxsus operasiyalar kuchlari qo‘mondoni lavozimidan ozod qildi va bu lavozimga Ukraina Qahramoni Aleksandr Trepakni tayinladi.

Zelenskiy fevral oyida Ukrainadagi eng mashhur harbiy deb topilgan Valeriy Zalujniy ishdan bo‘shatdi.

Zalujniy iste’foga chiqishidan oldin Ukraina va G‘arb ommaviy axborot vositalari bir necha oy davomida Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasidagi mojaro Ukrainaning frontda muvaffaqiyatsiz qarshi hujumi fonida sodir bo‘lganligi haqida xabar berishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!