Premyer-ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogar 8 nafar futbolchi ro‘yxati e’lon qilindi

Premyer-ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogar 8 nafar futbolchi ro‘yxati e’lon qilindi

Angliya Premyer-ligasi mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun sakkiz nomzod ro‘yxatini e’lon qildi.

Mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovriniga quyidagi futbolchilar nomzod bo‘lishdi: Erling Xoland va Fil Foden (“Manchester Siti”), Virjil van Deyk (“Liverpul”), Deklan Rays va Martin Edegor (“Arsenal”), Aleksandr Isak (“Nyukasl”), Olli Uotkins (“Aston Villa”), Koul Palmer (“Chelsi”).

Eslatib o‘tamiz, ushbu Angliya chempionatida 16 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan "Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Foden avvalroq jurnalistlar talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!