Rossiya Zelenskiy va Poroshenkoning qidiruvga berilgani haqidagi xabarni o‘chirdi

Rossiya Zelenskiy va Poroshenkoning qidiruvga berilgani haqidagi xabarni o‘chirdi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi saytidagi qidiruv xizmatidan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va sobiq prezident Petro Poroshenko haqidagi eslatma yo‘qoldi, deb yozdi «Mediazona».

«Mediazona» xabariga ko‘ra, Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidenti qidiruvga berilgani haqidagi ma’lumot tizimga 22 fevraldan oldin, Rossiya Ichki ishlar vazirligining okkupasiyadagi Donesk viloyati navbatchi bo‘linmasi tomonidan kiritilgan.

Ommaviy axborot vositalarining e’tiboridan so‘ng, Rossiya Ichki ishlar vazirligi Zelenskiy va Poroshenkoni qidiruvga berish to‘g‘risidagi qarorni Tergov qo‘mitasi qabul qilganini ta’kidladi.

Qayd qilinishicha, Zelenskiy va Poroshenkoga nisbatan o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXR xavfsizlik kuchlari «tajovuzkor urush boshlash va olib borish», «taqiqlangan urush usullaridan foydalanish» moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!