Tovushdan tez uchadigan dron ilk parvozini amalga oshirdi

Tovushdan tez uchadigan dron ilk parvozini amalga oshirdi

Inqilobiy, deya ta’rif berilayotgan, soatiga 1 100 kilometr tezlikda ucha oladigan yangi dronga kelajakda giper tovushli samolyotga o‘rnatish rejalashtirilgan “Venus Aerospace” dvigateli o‘rnatildi, deb yozdi “New Atlas” nashri.

Tovushdan tez parvoz qiladigan dron yaratish g‘oyasi yangilik emas. O‘tgan asr 50-yillari boshida AQSh Harbiy havo kuchlari havo mudofaasi, razvedka tizimida foydalaniladigan qurol sifatida shunday samolyotlarni sinovdan o‘tkazgan. Bunday qurilma so‘nggi 75 yilda tezlikni 1 Max darajasiga yetkazish uchun reaktiv dvigatel sifatida ishlatildi. So‘nggi payt avionika, aerodinamika va avtonom tizimda erishilgan yutuqlar tufayli vazifa doirasi kengaysa-da, baribir, dronlar asosini hamon reaktiv dvigatel tashkil etadi.

“Venus” ko‘p marta foydalaniladigan, yo‘lovchilarni soatiga 11 000 kilometr tezlik bilan manziliga eltadigan giper tovushli koinot samolyoti yaratishni rejalashtirmoqda. Uchoq 51 kilometr balandlikka oson va muloyim ko‘tarilishi, so‘ngra giper tovush tezligiga o‘tishi lozim. Shunda San-Fransiskodan Tokioga borish uchun bir soat kifoya.

Tabiiyki, bu uzoq istiqbol. Hozircha kompaniya mudofaa sohasi bilan bog‘liq turli maqsadlarda “RDRE” dvigatelini yaratish bilan shug‘ullanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!