Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini tiklash shartlarini e’lon qildi

Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini tiklash shartlarini e’lon qildi

Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini tiklash shartlarini e’lon qildi. Bu haqda Turkiya savdo vaziri O‘mer Bolat «X» akkauntida yozdi, deb yozadi «Report» .

Uning aytishicha, buning uchun Isroil G‘azoga hujumlarini to‘xtatib, o‘t ochishni to‘xtatib, mintaqadagi falastinliklarga gumanitar yordam yetkazilishi uchun sharoit yaratilishi kerak.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Anqaraning bu boradagi qarori yakuniy hisoblanadi va savdo aloqalari tiklanishi haqidagi da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya 2 may kuni Isroil bilan savdo aloqalarini to‘xtatganini e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!