O‘zbekiston va Tojikstonda piyoz narxi rekord darajada arzonlashdi

O‘zbekiston va Tojikstonda piyoz narxi rekord darajada arzonlashdi

O‘zbekiston va Tojikistonda piyozning ulgurji narxlari rekord darajada tushdi. Bu haqda EastFruit portali xabar berdi.

Tahlilchilarning ma’lum qilishicha, ulgurji bozorda yangi piyozning bir kilogrammi 10 sentdan 20 sentgacha baholangan. Sabzavotning bir tonnasini 100 dollar to‘lab, sotib olishingiz mumkin.

Ushbu narx yuqori sifatli, saralangan va qadoqlangan mahsulotlar uchun amal qiladi. Dehqonlar tomonidan daladan jo‘natilgan mahsulotlar bundan ham arzonroqqa sotilyapti.

“Qizig‘i, O‘zbekistonda 2023 yilgi piyoz hosili yangi hosilga qaraganda qimmatroq. Shu bilan birga, o‘tgan yilgi piyoz narxi barqaror darajada qolmoqda, yangi erta piyoz esa arzonlashmoqda”, – deyiladi xabarda.

Mutaxassislarning prognoz qilishicha, O‘zbekiston va Tojikistonda erta piyoz hosili ham yuqori bo‘ladi. Bu esa ushbu mahsulot narxining oshishiga yo‘l qo‘ymaydi. May oyi o‘rtalarida piyoz narxi biroz barqarorlashishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!