Milliarder Alisher Usmonovning singlisi sudda yutqazdi

Milliarder Alisher Usmonovning singlisi sudda yutqazdi

Evropa Ittifoqi sudi USM xoldingi asoschisi Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilovaning unga nisbatan Yevropa sanksiyalarini bekor qilish haqidagi da’vosini rad etdi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi. Qaror sud saytida ham e’lon qilindi.

Qarorda aytilishicha, Ismoilova ginekolog bo‘lib, uchta fuqarolikka ega: Rossiya, O‘zbekiston va Kipr. U 2022 yil 8 aprelda Alisher Usmonovning singlisi sifatida Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan. Tadbirkor o‘sha yilning fevral oyida sanksiyalarga duchor bo‘lgandi. U, shuningdek, fevral oyida uning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishiga e’tiroz bildirgan, Yevropa Ittifoqi sudi uning da’vosini rad etdi;

Qarorda aytilishicha, Usmonov aktivlarini Ismoilovaga «bilvosita» o‘tkazgan, xususan hujjatda «Dilbar» yaxtasiga ishora qilingan. Sud Ismoilovaga nisbatan qo‘yilgan cheklovlarni nomutanosib deb hisoblamadi va da’voni qanoatlantirmadi.

Usmonovning vakili sud qaroriga izoh bermayapti.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Usmonovning boshqa singlisi Saodat Narziyevani sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarib tashlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!