Rossiya yaqin kunlarda Zelenskiyni o‘ldirib yuborishi mumkin

Rossiya yaqin kunlarda Zelenskiyni o‘ldirib yuborishi mumkin

Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq agenti Larri Jonsonning fikricha, «Ukrainadan qolgan narsalarni saqlab qolish»ning «yagona» yo‘li prezident Vladimir Zelenskiyni jismonan yo‘q qilishdir.

Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar Ukraina rahbarini prezidentlik vakolati rasman yakunlanadigan 20 maydan keyin yo‘q qilishi mumkin.

Sobiq agentning ta’kidlashicha, muzokaralar jarayoni boshlanishiga go‘yoki faqat Ukraina prezidenti to‘sqinlik qilmoqda: “Rossiya Zelenskiyni yo‘ldan qaytarish va muzokaralarni boshlash uchun uni yo‘q qilishi mumkin. Ayni paytda bu Ukrainaning hech bo‘lmaganda ba’zi qoldiqlarini saqlab qolishi mumkin bo‘lgan yagona narsa hisoblanadi.

Jonsonning ta’kidlashicha, prezidentlik muddati tugab, Zelenskiy rasmiy maqomini yo‘qotsa, Ukraina prezidentining tirik qolish ehtimoli juda past bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!