Armaniston muxolifat harakati rahbari Pashinyanga iste’foga chiqish uchun bir soat vaqt berdi

Armaniston muxolifat harakati rahbari Pashinyanga iste’foga chiqish uchun bir soat vaqt berdi

«Vatan uchun Tavush» muxolifat harakati yetakchisi arxiyepiskop Bagrat Galstanyan Yerevandagi Respublika maydonida o‘tkazilgan mitingda Bosh vazir Nikol Pashinyanga iste’foga chiqish uchun bir soat vaqt berganini aytdi.

Bu haqda Armaniston OAVlariga tayanib, «Report» xabar bermoqda.

«Uning ismini birinchi marta tilga olishim. Nikol Pashinyan! Sizga iste’foga chiqishingiz uchun bir soat vaqt beraman. Bir soat ichida siz bilan uchrashib, iste’fo shartlarini muhokama qilishga tayyorman», — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!