Catalog.tmsiti.uz platformasidagi ma’lumotlar bazalari integrasiyasi amalga oshirilmoqda

Catalog.tmsiti.uz platformasidagi ma’lumotlar bazalari integrasiyasi amalga oshirilmoqda

Bugungi kunda qurilish materiallari milliy klassifikatori elektron Catalog.tmsiti.uz platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. U davlat dasturlari asosida ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining dastlabki boshlang‘ich narxlarini shakllantirishda muhim hisoblanadi.

Hozir platforma qurilishda qo‘llanadigan 181 ming 740 ta material va buyum, 1 029 ta mashina va mexanizm, 352 ta kichik mexanizasiya, 3 ming 685 ta uskuna va qurilma va 389 ta qurilish ishini o‘zida jamlangan.

Ayni paytda qator tashkilotlar hamkorligida undagi ma’lumotlar bazalari integrasiyasi amalga oshirilmoqda. Ya’ni, korxonabay ish tashkil etilib, har bir korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar “elektron platformaga” kiritilmoqda.

Bugungi kunga qadar 100 ga yaqin korxonaning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari platformaga joylashtirildi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmatiga ko‘ra, tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida mahsulotlarni platformaga kiritishga ko‘maklashuvchi 500 ta broshyura chop etilgan va hududlarda ishlab chiqaruvchilarga taqdim qilingan.

Platforma turli ishlab chiqaruvchilar va ularning mahsulotlarini bir joyda birlashtirib, keng auditoriyaga maksimal ko‘rinishni ta’minlaydi. Bu ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq potensial mijozlarni jalb qilish va bu bozorda yanada samarali raqobatlashish imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!