Vengriya va Xitoy o‘rtasida atom energetikasi bo‘yicha shartnoma imzolandi

Vengriya va Xitoy o‘rtasida atom energetikasi bo‘yicha shartnoma imzolandi

Vengriya va Xitoy o‘rtasida turli sohalarda, jumladan, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha 16 ta hamkorlik shartnomasi tuzildi. Hujjatlar Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Budapeshtga tashrif buyurgan Xitoy rahbari Si Szinpin ishtirokida imzolandi.

Marosim Vengriya televideniyesi orqali namoyish etildi. Hamkorlik shartnomalari sarmoya, energetika, savdo, moliya, bojxona nazorati, qishloq xo‘jaligi, turizm, fan, madaniyat va ommaviy axborot vositalari kabi sohalarni qamrab oldi. Ular ikki davlatning tegishli idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi.

Bundan tashqari, tomonlar Vengriya va Xitoy hukumat departamentlari o‘rtasida axborot almashish bo‘yicha ikkita memorandum imzoladilar. Muzokaralar yakunida jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda so‘zga chiqqan Orban, buning ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi, ancha yuqori bosqichga olib chiqayotganini aytdi. Bosh vazir Xitoy sarmoyasining Vengriya iqtisodiyotiga, jumladan, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, jumladan, atom energetikasiga yanada kirib kelishidan manfaatdorligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!