Armanistondagi muxolifat Pashinyanga impichment e’lon qilishni boshlaydi

Armanistondagi muxolifat Pashinyanga impichment e’lon qilishni boshlaydi

Armanistonda muxolifat bosh vazir Nikol Pashinyan iste’foga chiqish talabiga javob bermagani uchun parlamentda unga qarshi impichment jarayonini boshlaydi. Bu haqda «Vatan uchun Tavush» muxolifat harakati yetakchisi arxiyepiskop Bagrat Galstanyan Yerevan markazidagi miting chog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi «TASS».

«Biz parlamentda impichment jarayonini boshlayapmiz, bu borada parlamentdagi barcha uch fraksiya bilan maslahatlashuvlar o‘tkazamiz», — dedi Galstanyan. Uning qo‘shimcha qilishicha, fuqarolik itoatsizligi aksiyalari parallel ravishda o‘tkaziladi.

Namoyishga Armaniston va Ozarbayjon chegarasi masalasi sabab bo‘lgan. 19 aprel kuni Armaniston tashqi ishlar vazirligi Yerevan va Boku Tavush viloyatidagi to‘rtta qishloqqa hududiy egalik qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishganini – Ozarbayjon ularni qabul qilganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!