Eronda Afg‘oniston fuqarosi qatl etildi

Eronda Afg‘oniston fuqarosi qatl etildi

Eronda 9 may kuni Afg‘oniston fuqarosi giyohvand moddalar bilan savdo qilishda ayblanib, qatl etildi.

Bu haqda Etilaatroz nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, afg‘on fuqarosining qatl etilgani to‘g‘risida dastlab Eronning inson huquqlari sohasida faoliyat yurituvchi Hal Vash sayti xabar bergan. Xabar ko‘plab mahalliy nashrlar tomonidan tasdiqlangan.

Afg‘onistonlik mahbus Eronning Kirmon qamoqxonasida qatl etilgan. Qatl to‘g‘risida uning oila a’zolariga ham, tanishlariga ham xabar qilinmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!