Toshkentda yuqori tezlikdagi Kia urib yuborgan piyoda vafot etdi

Toshkentda yuqori tezlikdagi Kia urib yuborgan piyoda vafot etdi

9 may kuni soat 17:00 atrofida Toshkent shahri Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, tumanning Qumariq ko‘chasidagi avtotyuning ustaxonasi qarshisida 24 yoshli haydovchi A.X. Kia avtomashinasini boshqarib ketayotib 27 yoshli D.K.ni urib yuborgan. YTH oqibatida piyoda olgan jarohatlari sabab shifoxonaga olib borilganda vafot etgan.

Tarmoqlarda tarqalgan videolarda ikki mashina o‘rtasida poyga uyushtirilgani, mashinalardan biri esa yo‘lidan chiqqan fuqaroni yuqori tezlikda harakatlanib kelib urib yuborganini ko‘rish mumkin.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!