Sergelida "Mercedes" haydovchisi piyoda umriga zomin bo‘ldi

Sergelida "Mercedes" haydovchisi piyoda umriga zomin bo‘ldi

Joriy yilning 09 may kuni soat 17:00 larda Sergeli tumani Qumariq ko‘chasi Avtotuning ustaxonasi qarshisida haydovchi 2000 yilda tug‘ilgan A.X. "Mercedes Benz" rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyoda 1997 yilda tug‘ilgan D.K ni urib yuborgan.

YTH natijasida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonaga olib borilganda vafot etgan, uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!