Makron Mbappening Olimpiadaga borishiga umid qilmoqda

Makron Mbappening Olimpiadaga borishiga umid qilmoqda

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Kilian Mbappening bo‘lajak klubi uning Olimpiadaga borishiga qarshilik qilmasligiga umid bildirdi.

Olimpiya mash’alasining Fransiyaga yetib kelganiga bag‘ishlangan Marseldagi marosimda mamlakat prezidenti ham qatnashdi. Makrondan Mbappening Olimpiadaga kelish yoki kelmasligi haqida so‘rashdi.

«Uning kelishiga umid qilyapman. Har qanday vaziyatda ham Mbappening bo‘lajak jamoasi deyilayotgan klubga imkonqadar bosim o‘tkazdim», - dedi Makron.

Ma’lumot uchun, Kilian yozda «PSJ»ni erkin agent sifatida tark etadi. Uning «Real»ga o‘tishga yaqin ekani haqida xabar berilgandi.

Avvalroq, Fransiya olimpiya jamoasi bosh murabbiyi Tyerri Anri Mbappe, Grizmann va Jiruni Parij-2024 Olimpiadasi uchun tarkibga qo‘shmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!