Xitoy 12 ta davlatga vizasiz rejimni 2025 yil oxirigacha uzaytirdi

Xitoy 12 ta davlatga vizasiz rejimni 2025 yil oxirigacha uzaytirdi

Xitoy 12 davlat fuqarolari uchun vizasiz rejimni qisqa muddatga 2025 yil oxirigacha uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lin Szyan ma’lum qildi.

“Xitoy XXR va xorijiy davlatlar o‘rtasida fuqarolar almashinuvini osonlashtirish maqsadida Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Ispaniya, Malayziya, Shveysariya, Irlandiya, Vengriya, Germaniya, Avstriya, Belgiya, Lyuksemburg va boshqa davlatlar fuqarolari uchun 2025 yilning 31 dekabriga qadar vizasiz rejimni uzaytirish haqida qaror qabul qildi”, — dedi xitoylik diplomat.

Unga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatilgan xorijiy davlatlarning oddiy pasportga ega fuqarolariga xizmat va sayyohlik, qarindosh-urug‘ va do‘stlar bilan uchrashish, shuningdek, tranzit safarlari uchun Xitoy hududiga 15 kungacha vizasiz kirishi va mamlakatda bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, XXR raisi Si Szinpinning Fransiyaga tashrifi chog‘ida Xitoy tomoni 12 davlat fuqarolari uchun qisqa muddatli vizadan ozod qilish siyosatini 2025 yil oxirigacha uzaytirishga qaror qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!