Gruziyaning Fransiyadagi elchisi iste’foga chiqdi. Sabab nima edi?

Gruziyaning Fransiyadagi elchisi iste’foga chiqdi. Sabab nima edi?

Bu haqda Gocha Javaxishvili Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Gruziya hukumatida Rossiyani qo‘llab-quvvatlovchi biror kishini tanimaydi.

Diplomatning ta’kidlashicha, «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi «muayyan maqsadga erishish uchun o‘ziga xos taktika» bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, u endi mamlakatning hozirgi siyosatida o‘z rolini ko‘rmasligini aytdi.

«Men Gruziya diplomatiyasida 30 yil xizmat qildim, 10 yil Yevropa integrasiyasidan dars berdim. Men ham talabalarni biz Yevropa madaniyati va kelajagimiz mamlakati ekanligiga ishonaman va ishontiraman. Yevropa bizning joyimiz», - deya ta’kidladi Javaxishvili.

11 may kuni Gruziya muxolifat kuchlari Tbilisida «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi qonunga qarshi norozilik e’lon qildi. Parlament a’zolari uni 17 may kuni uchinchi va yakuniy o‘qishda ko‘rib chiqishlari kerak. Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili allaqachon qonunga veto qo‘yishga va’da bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!