Estoniya Rossiya bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik shartnomasini bekor qildi

Estoniya Rossiya bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik shartnomasini bekor qildi

Sovet davrining izlarini o‘chirib tashlagan Rossiyaga qarshi tashqi siyosati bilan diqqatni tortgan Boltiqbo‘yi davlatlaridan biri Estoniyaning Rossiya bilan 1994 yilda imzolangan ta’lim sohasida hamkorlik shartnomasini bekor qilishi ma’lum qilindi.
Estoniyaning Postimees gazetasi tarqatgan xabarda, Estoniya hukumati 1994 yilda Rossiya bilan imzolangan ta’lim sohasida hamkorlik shartnomasini bekor qilishga qaror qilgani qayd etildi.
Tallin rasmiylari shartnomaning bekor qilinishini Ukrainadagi mojaro bilan bog‘lagani qo‘shimcha qilingan.
Estoniya bosh vaziri Kaja Kallas avvalroq barcha sovet yodgorliklarini mamlakat jamoat maydonidan imkon qadar tezroq olib tashlashga chaqirgan edi.
Shu doirada jami 976 ming yevro, Estoniya Mudofaa vazirligiga 916 ming yevro va Hukumat idorasiga 60 ming yevro miqdorida mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi.
Mudofaa vazirligiga ajratilgan mablag‘lar urush qabrlaridagi qoldiqlarni nomuvofiq joylardan olib chiqish va qayta ko‘mib tashlash, neytral qabr belgilarini ishlab chiqarish hamda nomuvofiq yodgorliklarni olib tashlash va almashtirishga yo‘naltirilishi ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!