Qatar va Pokiston iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

Qatar va Pokiston iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

Pokiston tashqi ishlar vaziri Muhammad Ishoq Dar va Qatar hukumatining tashqi ishlar bo‘yicha maslahatchisi Muhammad bin Abdulaziz Al-Xulayfiy ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaror qildi.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligidan berilgan yozma bayonotga ko‘ra, Hulayfi, Qatar sarmoya idorasi vakillari hamrohligida Pokistonning poytaxti Islomobodga bir kunlik ziyorati chog‘ida Dar bilan uchrashdi.

Hulayfiy va Dar G‘azodagi vaziyat, ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.

Dar, Qatarning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha faol vositachilik rolini olqishladi.

Vazir Dar, mintaqada tinchlik faqat 1967 yilgacha bo‘lgan chegaralar ichida, Sharqiy Quddus poytaxti bo‘lgan, yashovchan, suveren va birlashgan Falastin davlatini yaratish orqali erishish mumkinligini ta’kidladi.

Bayonotda, shuningdek, ikki davlat savdo va sarmoyaviy aloqalarni ko‘rib chiqib, energetika, tog‘-kon sanoati va aviasiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaror qilgani qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!