Zelenskiy ukrainaliklarga murojaat qildi

Zelenskiy ukrainaliklarga murojaat qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 8 may kuni mudofaa vazirining ma’ruzasini va qurolli kuchlar bosh qo‘mondonining frontdagi harbiy pozisiyalar to‘g‘risidagi hisobotini eshitganini ma’lum qildi.

«Bugun Ukraina mudofaa vazirining alohida hisoboti va bosh qo‘mondonning hisoboti bo‘ldi. Bizning frontdagi pozisiyalarimiz, xalqimiz va jamoalarimizni jismoniy himoya qilish, Rossiyaning har qanday hujum harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik dolzarb ustuvor vazifalardir», — dedi Ukraina prezidenti kechki nutqida.

Zelenskiy Rossiyaning 8 mayga o‘tar kechasi Ukrainaga uyushtirgan ommaviy hujumini izohlar ekan, Rossiya Ukraina energetika tizimi – elektr energiyasi ishlab chiqarish, gidroelektr to‘g‘onlari va gaz infratuzilmasiga ataylab hujum qilayotganini ta’kidladi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u yozda Shveytsariyada bo‘lib o‘tadigan birinchi global Tinchlik sammitiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda va shu maqsadda Ukrainaga yordam bera oladigan davlatlar rahbarlari bilan muzokaralar olib borgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!