Mourinio: «Portugaliya milliy jamoasining taklifiga rozi bo‘laman»

Mourinio: «Portugaliya milliy jamoasining taklifiga rozi bo‘laman»

Joze Mourinio qaysi jamoaga murabbiylik qilishni hohlashi borasidagi javob berdi.

«Tabiiyki, Portugaliya. Menga ulardan ikki marta taklif bo‘lgan, lekin ular noto‘g‘ri vaqtda keldi. Ikkinchi taklifda hissiyotlarga berilib, «Roma»da qolishga qaror qildim va xatoga yo‘l qo‘ydim.

Chunki hozir Portugaliya — tarkib tomonlama top-5 jamoadan biri. Buni bilardim, lekin «Roma» va uning muxlislari bilan ajoyib aloqani his qildim, shuning uchun taklifni rad etdim.

O‘ylashimcha, Portugaliya milliy jamoasidan uchinchi taklif ham bo‘ladi va o‘shanda rozilik beraman. Umid qilamanki, o‘sha paytdagi avlod hozirgidek kuchli bo‘ladi», — dedi «Roma»ning sobiq ustozi EA Sports Korea nashriga bergan intervyusida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!