Tom Kruz Parij Olimpiadasining yopilishida ishtirok etadi

Tom Kruz Parij Olimpiadasining yopilishida ishtirok etadi

Amerikalik aktyor Tom Kruz Parij Olimpiadasining yopilish marosimining asosiy qahramonlaridan biri bo‘ladi.

Bir necha kun oldin Kruz 11 avgust kuni Olimpiada yopilishi vaqtida "Stad de Frans"da namoyish etiladigan rolikda suratga tushdi. Avvalroq, aktyor Parij ko‘chalarida motosikl bilan ko‘zga tashlangandi.

Kruz 2004 yili Olimpiada mash’alasi estafetasida ham qatnashgan. O‘shanda u Afina Olimpiadasi oldidan mash’alani Los-Anjelesga olib borgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!