Rossiyadagi Apple xizmat ko‘rsatish markazlarida iPhone va MacBook uchun ehtiyot qismlari tugadi

Rossiyadagi Apple xizmat ko‘rsatish markazlarida iPhone va MacBook uchun ehtiyot qismlari tugadi

Rossiyadagi “Apple” vakolatli xizmat ko‘rsatish markazlarida “iPhone” va “MacBook” uchun original komponentlar tugadi, deya xabar berdi “Vedomosti” nashri.

Xizmat ko‘rsatish markazlaridan birining vakilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada “Apple” uskunalari uchun hech qanday xizmat ko‘rsatish markazida original komponentlar mavjud emas.

Uning tushuntirishicha, iPhone 14 va iPhone 15 uchun Rossiyada xizmat ko‘rsatmaydi va oldingi avlod smartfonlari uchun original ehtiyot qismlar yetkazib berish 2023-yil dekabrida to‘xtatilgan.

Manbaning aniqlik kiritishicha, shu paytgacha vakolatli xizmat ko‘rsatish markazlaridagi omborlarda saqlanayotgan butlovchi qismlar qoldiqlaridan foydalangan.

“Rasmiy servis markazlaridagi original komponentlar 2023-yilning yozida tugay boshladi”, dedi “Mobile Research Grup” agentligi tahlilchisi Eldar Murtazin.

Ta’kidlanishicha, butlovchi qismlar yetkazib berish 2024 yilning fevralida to‘liq to‘xtagan va aynan o‘shanda yetkazib berish to‘xtatilgunga qadar rasman import qilingan barcha “Apple” uskunalari uchun ikki yillik kafolat muddati tugagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!