Niderlandiya Bosh vaziri Astanaga keladi

Niderlandiya Bosh vaziri Astanaga keladi

Niderlandiya Qirolligi Bosh vaziri Mark Ryutte 10 may kuni Astanaga tashrif buyuradi.

Bu ma’lumotni QR Tashqi ishlar vazirligi tasdiqladi.

Aytilishicha, Niderlandiya rahbari Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashadi va Raqamli rivojlanish, innovasiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi faoliyati bilan tanishadi.

Bosh vazirning tashrifi haqidagi xabar Niderlandiya hukumatining rasmiy saytida ham e’lon qilingan.

Unda aytilishicha, tashrifdan maqsad Niderlandiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama va iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, dunyodagi geosiyosiy vaziyatni muhokama qilishdir.

M.Ryutte Qozog‘iston Prezidenti Q.Toqayev tomonidan qabul qilinadi. Kun tartibiga ikki tomonlama va iqtisodiy munosabatlar, jumladan, suv sohasida hamkorlik masalalari kiritilgan.

Kunning ikkinchi yarmida xorijlik mehmon poytaxtdagi «Amsterdampley»ning ochilishida ishtirok etadi. Shundan so‘ng Qozog‘iston Respublikasi Hukumatida Niderlandiya va Qozog‘iston o‘rtasida suv xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

Tashrif Niderlandiya Bosh vazirining Maqsut Narikbayev universitetiga tashrifi bilan yakunlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!