Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi

Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi

Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar delegasiyalariga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov va Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Amartuvshin Gombosuren boshchilik qildi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirishga, shuningdek, Mo‘g‘uliston prezidentining joriy yil iyun oyida O‘zbekistonga davlat tashrifiga alohida e’tibor qaratildi.

Mo‘g‘uliston tomoni O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va qonunchilik sohasini takomillashtirish, milliy iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizasiya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni mustahkamlash uchun mavjud salmoqli salohiyatni ro‘yobga chiqarishdan o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.

Madaniy-gumanitar va turistik almashinuvlarini faollashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!