Pele: “Messi mening oldimda hech kim”

Pele: “Messi mening oldimda hech kim”

 Braziliyalik futbol afsonasi Pele uni Messiga tenglashtirmasliklarini aytdi.

“Meni nega Messi bilan tenglashtirasiz? Axir u faqat chap oyog‘ida ishlaydi, bosh bilan o‘ynay olmaydi. Yaxshisi, uni Maradona bilan taqqoslang, hatto Maradona ham Messidan kuchliroq”, dedi Pele.

78 yoshli Pele faoliyati davomida “Santos” va “Nyu-York Kosmos” sharafini himoya qilgan. Terma jamoa safida 92 ta o‘yinda 77 ta gol urgan. Jami 37 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, shulardan uchtasi jahon chempionligidir.

Messi esa “Barselona”da o‘ynamoqda, U terma jamoa safida 128 ta o‘yinda 65 ta gol urgan. 35 ta sovrinni qo‘lga kiritdi hozirgacha, ulardan to‘rttasi Chempionlar ligasi g‘olibligidir.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!