Ovoz bering! Siz yangi sayyorani qanday nomlagan bo‘lardingiz?

Ovoz bering! Siz yangi sayyorani qanday nomlagan bo‘lardingiz?

2007 yilda Quyosh tizimidagi eng katta mitti sayyorani topgan astronomlar barcha istovchilarga sayyora uchun uchta variantdan nom tanlashni taklif qilishdi. Sayyora shartli ravishda 2007 OR10 deb belgilangan.

Barcha kichik samo jismlarini birinchi bo‘lib ochganlar keyingi 10 yil ichida unga nom berish huquqini oladilar , deb aytgan sayyorani ochganlardan biri, amerikalik sayyorashunos Megan Shuomb.

Koyper kamariga kiruvchi plutoidning diametri 1600 kmga yaqinni tashkil qiladi. Mitti sayyora taniqli sayyorashunoslar Megan Shuomb va Maykl Braun tomonidan ochilgan.

Foydalanuvchilar sayyora uchun quyidagi nomlardan birini tanlashlariga to‘g‘ri keladi: Gungun, Xolda va Vili.

Ta’kidlanishicha, ovoz berish 10 maygacha davom etadi. Shundan keyin eng ko‘p ovoz to‘plagan nom Xalqaro astronomik ittifoqqa ma’qullanish uchun jo‘natiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!