Oston O‘runov «Ufa»ning iyun oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi

Oston O‘runov «Ufa»ning iyun oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov «Ufa» klubining iyun oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

19 yoshli futbolchiga muxlislarning 31,6 foizi ovoz bergan. Oston so‘rovnomada darvozabon Aleksandr Belenov (22%) va yarim himoyachi Daniil Fominni (12,4%) ortda qoldirgan.

O‘runov iyun oyida «Ufa»ning ikkita o‘yinida qatnashdi. «Tambov» (2:1) va «Spartak» bilan (0:0) o‘yinlarda futbolchi samarali harakat amalga oshirmadi, biroq yorqin o‘yini bilan ajralib turdi. O‘runov ikkala o‘yinda ham dribling va yakkakurashlar bo‘yicha ko‘rsatkichlarda yetakchi bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!