Orban tongda Kiyevga yetib borgan

Orban tongda Kiyevga yetib borgan

Bugun ertalab Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar olib borish uchun Kiyevga keldi.

Bu haqda Vengriya hukumati rahbari matbuot kotibi Bertalan Xavashi ma’lum qildi.

«Uchrashuvning asosiy mavzusi - tinchlikka erishish imkoniyatlari», - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi MTI axborot agentligi. Xavasining ta’kidlashicha, Orban va Zelenskiy «Shuningdek, Vengriya-Ukraina ikki tomonlama munosabatlarining dolzarb masalalarini ham muhokama qilishadi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!