Olmaliqda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Olmaliqda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar J.T., S.S., V.T. boshqa bir fuqaro D.ga telegram ijtimoy tarmog‘i orqali xorijda ishlab chiqarilgan “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini har bir donasini 40 ming so‘mdan sotishga kelishib, jami 49 dona ushbu dori vositasini 1,9 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!