Navoiyda tuman hokimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Navoiyda tuman hokimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi sifatida faoliyat olib borgan Ochilov Shoniyoz Shonazarovichga nisbatan 1-2103-1902/37-sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Jahon.uz»ning ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, ushbu jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-modda 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 209-modda 2-qismi a-bandi (Mansab soxtakorligi) bilan qo‘zg‘atildi.

Bu haqda huquq tartibot organlari hali rasman xabar berishmagan bo‘lsa-da, ushbu jinoyat ishida Amonova Mastura Sharipovnaga nisbatan ham Jinoyat kodeksining 209-modda 2-qismi a-bandi (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!