AQSh Gruziyaga shart qo‘ydi

AQSh Gruziyaga shart qo‘ydi

Qo‘shma Shtatlar Gruziyada "xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi norozilik namoyishlari ishtirokchilariga nisbatan kuch ishlatish holatlari yuzasidan tergov o‘tkazish zarur deb hisoblaydi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Miller brifingda ma’lum qildi.

"Biz qonun loyihasiga norozilik bildirganlarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar va uni ma’qullash harakatlaridan chuqur xavotirdamiz. Biz fuqarolik jamiyati vakillari, muxolifat faollari va jurnalistlarga nisbatan tazyiq va jismoniy kuch ishlatish holatlari ko‘payayotgani haqida xabarlardan xabardormiz. Biz buni qoralaymiz va zudlik bilan, to‘liq tergovga chaqiring." - dedi u.

Millerning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Gruziya bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor. "Ammo Gruziya hukumati buning uchun yo‘nalishini o‘zgartirishi kerak", deb ta’kidladi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!