Pentagon: Xitoy qit’alararo raketalarni ishlab chiqmoqda

Pentagon: Xitoy qit’alararo raketalarni ishlab chiqmoqda

Xitoy Qo‘shma Shtatlarning istalgan nuqtasiga yetib borishi mumkin bo‘lgan yadroviy bo‘lmagan qit’alararo ballistik raketa tizimlarini ishlab chiqayotganga o‘xshaydi. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari shimoliy qo‘mondonligi generali Gregori Gilo ma’lum qildi, deb yozadi TASS agentligi.

«Xitoy, ehtimol, Pekinga Alyaska va kontinental Qo‘shma Shtatlardagi nishonlarga yadroviy chegaradan oshmagan holda zarba berishga imkon beradigan yadroviy bo‘lmagan ICBM tizimlari ustida ishlamoqda», — deyiladi Mudofaa vazirligining Kongressga Xitoy harbiy kuchini oshirish bo‘yicha yillik hisobotida.

Bunday tizimlar, agar ishlasa, strategik barqarorlikni yanada buzadi, bu bizning kelayotgan raketani aniqlash qobiliyatimizni murakkablashtiradi va tegishli javob choralari bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonini murakkablashtiradi ", dedi general.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!