Slovaklar Ukrainaga yuborish maqsadida 2700 snaryad uchun pul yig‘di

Slovaklar Ukrainaga yuborish maqsadida 2700 snaryad uchun pul yig‘di

Robert Fiso hukumatining Ukrainaga nisbatan siyosatiga rozi bo‘lmagan Slovakiya aholisi Ukraina artilleriyasi uchun 2700 ga yaqin snaryad uchun shaxsiy tashabbus sifatida pul yig‘ishdi.

«Ukrinform» agentligining Chexiyaning ČTK agentligiga tayanib xabar berishicha, yig‘in tashkilotchilari va ularning chexiyalik hamkorlari Chexiyaning STV Group harbiy-sanoat kompaniyasi bilan 2692 dona snaryad sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Mablag‘ yig‘ish tashkilotchilari, bu haqda uch hafta oldin e’lon qilib, dastlab million yevro yig‘ishni kutgandi, ammo bu miqdorga ikki kun ichida erishildi. Endi, 9 mayga o‘tar kechasi, «Ukraina uchun o‘q-dorilar» tashabbusi saytida 4,189 million yevro miqdoridagi mablag‘ ko‘rsatilgan.

Deyarli 66 ming kishi xayriya qildi, ulardan biri birdaniga 100 ming yevro berdi.

Mablag‘ yig‘ish uning ishtirokchilariga Ukrainaga o‘tgan oktyabr saylovlaridan so‘ng hokimiyatga kelgan Robert Fiso milliy populistik hukumatini chetlab o‘tishda yordam berishga imkon beradi. Fiso o‘z saylovchilariga uning davrida Slovakiya Ukrainaga birorta ham o‘q yubormasligiga va’da berdi.

Fiso, shuningdek, Ukraina uchun snaryadlar sotib olish bo‘yicha Chexiya loyihasida ishtirok etishdan bosh tortdi, bunga allaqachon 20 ga yaqin davlat qo‘shilgan.

Slovakiya bosh vazirining aytishicha, G‘arbning Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordami faqat urushni cho‘zmoqda va Kiyev qurollarini tashlab, Moskva bilan muzokara boshlashi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!