Ukraina Rossiyaning yangi hujumini kutmoqda

Ukraina Rossiyaning yangi hujumini kutmoqda

O‘tgan yili Ukraina qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rayotganda, eng kamida o‘z pozisiyasini saqlab qolishga harakat qilgan edi. Bu yil ushbu variant “eng yaxshi” deb hisoblanmoqda. Hozirda Kiyev haftasiga 20 kvadrat kilometr hududini yo‘qotmoqda.

92-polk qo‘mondoni Pavel Fedosenkoning fikricha, rus qo‘shinlarining Donbassning qolgan qismini egallab olish ehtimoli 70 foiz.

"Agar Ukraina Qurolli Kuchlari Konstantinovka va Drujkovka uchun jang qilmasa, u holda bir necha hafta ichida Rossiya armiyasi Dnepr, Xarkov, Krivoy Rogda bo‘lishi mumkin. Rossiya snaryadlar va askarlar soni bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lishiga qaramay, endi u o‘zining eng yuqori nuqtasidan o‘tdi. Bir necha hafta oldin hujumlar har 2-3 soatda uyushtirilgan bo‘lsa, hozirda har 5 kunda bir marta amalga oshirilmoqda. Bosqonchilarning asosiy maqsadlardan biri Xarkovni izolyasiya qilish, buning uchun 50 ming kishilik qo‘shin chegaradan yo‘naltirilgan", — deya ma’lum qildi Fedosenko.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!