Vinisius "Real" prezidentiga murojaat qildi

Vinisius "Real" prezidentiga murojaat qildi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior UYEFA Chempionlar ligasi finaliga chiqqanidan keyin klub prezidenti Florentino Peresga murojaat qildi.

"Janob, Prezident, meni shunday buyuk klubga taklif qilganingiz uchun rahmat. Bu shunchaki aql bovar qilmaydigan narsa!" - deya post qoldirdi braziliyalik forvard ijtimoiy tarmoqlarda.

Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida madridliklar Myunxenning “Bavariya” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etishdi. Birinchi uchrashuvda durang qayd etilgandi - 2:2. Nufuzli turnirning final uchrashuvida “Los Blankos” Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!