O‘zbekistonda samolyotlarga lazer nurlarini yo‘naltirish holati ko‘payib borayotgani aytildi

O‘zbekistonda samolyotlarga lazer nurlarini yo‘naltirish holati ko‘payib borayotgani aytildi

Uzbekistan Airports lazer nurlarini havo kemasiga yo‘naltirish holatlari ko‘payib borayotgani sabab fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, havo kemalarining uchish va qo‘nish vaqtida lazer nurlarini havo kemasiga yo‘naltirish holatlari ko‘payib bormoqda. Fuqarolarning bunday xatti-harakatlari uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 116-1-moddasida (havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish) javobgarlik nazarda tutilgan.

Ushbu moddaga asosan havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish uchun huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilab berilgan.

Yo‘lovchilar va havo kemasi ekipaji a’zolarining hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazishi va xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida barcha fuqarolardan parvozlar xavfsizligini ta’minlash talablariga rioya etishlarini so‘raymiz, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!