Navoiyda qidiruvda bo‘lgan 3 nafar jinoyatchi qo‘lga olindi

Navoiyda qidiruvda bo‘lgan 3 nafar jinoyatchi qo‘lga olindi

2019 yilning 10 yanvar kuni Navoiy viloyati hududida qidiruvda bo‘lgan 3 nafar jinoyatchi viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

1998 yilda Xatirchi tumanida tug‘ilgan M. Baratov, 1996 yilda Qiziltepa tumanida tug‘ilgan N. Najbiyev o‘g‘rilik jinoyatini sodir etib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi, 1979 yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan SH. Ergashev mast holatda avtomashina boshqargani uchun O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi bilan 2018 yilning 22 noyabr kuni Karmana tumani sudi tomonidan ayblanib, javobgarlikdan qochib yurgan.

Ayni paytda jinoyatchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!